Bosib turing
Ikkala tugmani bosib turasiz. Ekran chetidagi kichkina panel yozuv boshlanganini koʻrsatadi. Sichqoncha bilan ishlashni afzal koʻrsangiz — oʻsha panelni bosing.
gapir.me · ovozli diktovka
Sunʼiy intellekt ovozingizni istalgan ilovada tiniq, tartibli matnga aylantirib beradi.
Odam klaviaturada daqiqasiga qancha yozadi va gapirganda qancha soʻz aytadi — farqi shu. gapir.me shu farqni ishga soladi: xabar yuboring, xat tayyorlang, hujjat toʻldiring — terib emas, aytib.
Raqamlar — odamning oʻrtacha yozish va gapirish tezligi.
Qanday ishlaydi
Ishlatish
Oʻrganadigan buyruq ham, eslab qoladigan tugma birikmasi ham yoʻq. Bittasi bor, u ham qoʻlingiz turgan joyda.
Ikkala tugmani bosib turasiz. Ekran chetidagi kichkina panel yozuv boshlanganini koʻrsatadi. Sichqoncha bilan ishlashni afzal koʻrsangiz — oʻsha panelni bosing.
Bemalol, odatdagidek. Toʻxtab qolsangiz, fikringizdan qaytsangiz yoki oʻrtasida tuzatsangiz ham boʻladi — bir yozuv ikki daqiqagacha davom etishi mumkin.
Matn kursor turgan joyga oʻzi yoziladi: xat, xabar, hujjat, brauzer — farqi yoʻq. Fikringizdan qaytsangiz, Esc bosing va hech narsa yozilmaydi.
Gapirgan gapingiz matnga aylanadi — va shu bilan tugaydi. Nima qayerda qolishini yashirmaymiz:
Yozuv matnga aylantirish uchun serverimizga boradi va javob qaytishi bilan oʻchadi. Biz uni saqlab qoʻymaymiz.
Diktovka tarixi serverga umuman chiqmaydi — u faqat sizning kompyuteringizda turadi va xohlagan payt oʻchiriladi.
Ovozingiz ham, matningiz ham model oʻqitish uchun ishlatilmaydi va uchinchi shaxsga berilmaydi.
Narxlar
Bitta oʻlchov — kuniga nechta diktovka. Yashirin toʻlovlar yoʻq, istalgan payt toʻxtatishingiz mumkin.
Sinab koʻrish uchun. Karta kerak emas.
Kuniga 30 ta diktovka
Har kuni koʻp yozadiganlar uchun.
Kuniga 1000 ta diktovka
Narxlar bir foydalanuvchi uchun. Kunlik chegara har kuni yarim tunda (Toshkent vaqti) yangilanadi. Pro tarifiga ilovaning oʻzidan, Payme orqali oʻtasiz.
Savol-javob
Ctrl va Shift tugmalarini bosib turasiz, gapirasiz, qoʻyib yuborasiz — matn kursor turgan joyga oʻzi yoziladi. Sichqoncha bilan qulayroq boʻlsa, ekrandagi kichkina panelni bosasiz: bir bosish — yozuv boshlanadi, ikkinchisi — tugaydi.
Fikringizdan qaytsangiz Esc bosing, hech narsa yozilmaydi. Bir yozuv ikki daqiqagacha davom etishi mumkin.
Har bir ilovada bemalol ovozli diktovka.
Windows 10 va 11 uchun · Kuniga 30 ta diktovka bepul
Talablar: Windows 10 yoki 11, mikrofon va internet aloqasi.
Oʻrnatishda: Windows koʻk oyna koʻrsatsa — More info → Run anyway. Oʻrnatuvchi fayl hali raqamli imzolanmagan.